Ikkinchi jahon urushi

Article on other languages:

del.icio.us del.icio.us
Digg Digg
Furl Furl
Reddit Reddit
Rojo Rojo
Add to OnlyWire
Ikkinchi jahon urushi
World War II montage image
Tepadan soat mili boʻylab: Ittifoq qoʻshinlari "D Kuni" Normandiyada tushirilmoqdalar, Qizil armiya askarlari Reyxstag ustida Gʻalaba bayrogʻini koʻtarmoqdalar, Osventsim konsentratsion lagerining darvozasi, Stalingrad jangdan soʻng, Xirosima va Nagasakining atom bombardirovkalari, 1936-yil Nurnbergdagi fashistlar marshi.
Sana 1 sentabr 19392 sentabr 1945
Joy Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy, Shimoli-sharqiy va Gʻarbiy Afrika, Yaqin Sharq, Atlantika, Hind va Tinch okeanlari, Oʻrta Yer boʻyi.
Sabab Koʻpchilik davlatlarning siyosati; Versal-Vashington tizimining oqibatlari.
Natija Ittifoqchilar gʻalabasi. BMTning tashkil topishi. SSSR kuchli davlatga aylanadi. Dunyo turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimli ikki lager - sotsialistik va kapitalistik lagerlarga boʻlinib ketadi. Sovuq urush boshlanadi.
Raqiblar
Aksilhitler ittifoqi:

SSSR
AQSh
Buyuk Britaniya
Fransiya
Xitoy
Polsha
Avstraliya
Kanada
Yugoslaviya
Yangi Zelandiya
va boshqalar

Hitler ittifoqi:

Olmoniya
Italiya
Yaponiya
Vengriya
Finlandiya
Ruminiya
Bolgariya
Slovakiya
Xorvatiya
Tailand
va boshqalar

Qoʻmondonlar
Iosif Vissarionovich Stalin

Franklin Delano Roosevelt
Winston Churchill
Charles de Gaulle
Chan Kayshi
Edward Rydz-Śmigły
John Curtin
William Lion McCensy King
Pyotr II Kargeorgiyevich
Michael Joseph Savage

Adolf Hitler


Benito Mussolini
imperator Syova
Horthy Miklós
Risto Heikki
Ion Antonescu
Boris III
Jozef Tiso
Anton Pavelich
Ananda Maxidol

Harbiy yoʻqotishlar
Harbiylar:
17 mln.dan kam boʻlmagan yoʻqotishlar [1] [2] [3] [4] [5]
Fuqaro shaxslar:
33 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
50 mln[manba kerak]
Harbiylar:
8 mln[manba kerak]
Fuqaro shaxslar:
4 mln[manba kerak]
Umumiy halok boʻlganlar soni:
12 mln[manba kerak]

Ikkinchi jahon urushi (19391945) — buyuk mamlakatlar — Angliya, Fransiya, Sovet Ittifoqi, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlar oʻrtasida Birinchi jahon urushidan soʻng, 1919 — 1922 yillari taʼsir doirasini kengaytirish va chegaralarni qayta koʻrib chiqish maqsadida kelib chiqqan qurolli ziddiyatlar (urushlar) majmuasi. Keyinchalik bu dunyodagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqlarning ziddiyatiga aylanadi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush boʻladi. Ikkinchi jahon urushida dunyo aholisining 80% dan ortigʻi yashagan 61 ta davlat qatnashdi (ulardan 37 tasi harbiy harakatlarda ishtirok etdi). Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududlarini qamradi. Har xil baholarga koʻra 50 dan 70 mlngacha kishi vafot etgan.

Mundarija

Qatnashchilar

Asosiy maqola: Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari.

Ikkinchi jahon urushida 61 ta davlat qatnashgan (47 tasi aksihitler ittifoqining tarafida va 14 tasi Oʻq mamlakatlari tarafida). Ulardan ayrimlari faol harbiy harakatlarni olib borishardi, boshqalari oʻz ittifoqdoshlariga oziq-ovqat yetkazib berardi, koʻpchilik esa urushda faqat nominal holda ishtirok ishtirok etardilar.

Aksihitler ittifoqiga quyidagilar kirardilar: SSSR (1941-yildan), AQSh (1941-yil, 7-dekabrdan), Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Polsha, Avstraliya, Kanada, Yugoslaviya, Niderlandlar, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Chexoslovakiya, Belgiya, Yunoniston, Habashiston, Daniya, Braziliya, Meksika, Moʻgʻuliston, Lyuksemburg, Nepal, Panama, Argentina, Chili, Kuba, Peru, Gvatemala, Kolumbiya, Kosta-Rika, Dominikan respublikasi, Albaniya, Gonduras, Salvador, Gaiti, Paragvay, Ekvador, San-Marino, Turkiya, Urugvay, Venesuela, Livan, Saudiya Arabistoni, Nikaragua, Liberoya, Boliviya. Urush davrida ularga fashist blokidan chiqqan bir necha davlat qoʻshildi: Eron (1941-yildan), Iroq (1943-yildan), Italiya (1943-yildan), Ruminiya (1944-yildan), Bolgariya (1944-yildan), Vengriya (1945-yili), Finlandiya (1945-yili).

Boshqa tarafdan urushda Oʻq davlatlari: Olmoniya, Italiya (1943-yilgacha), Yaponiya, Finlandiya (1944-yilgacha), Bolgariya (1944-yilgacha), Ruminiya (1944-yilgacha), Vengriya (1945-yilgacha), Slovakiya, Tailand (Siam), Iroq (1941-yilgacha), Iroq (1941-yilgacha), Manchjou-Go, Xorvatiya, Serbiya. Bosib olingan mamlakatlar hududida fashist ittifoqiga qoʻshilgan marionetkaviy davlatlar yaratilar edi: Vishi Fransiyasi, Salo respublikasi, Albaniya, Chernogoriya, Ichki Moʻgʻuliston, Birma, Fillipinlar, Vyetnam, Kambodja, Laos. Shuningdek, Olmoniya va Yaponiya tarafida qarshilik koʻrsatayotgan tarafning fuqarolaridan yaratilgan koʻpgina kollaboratsion qoʻshinlar jang qilardi: ROA, RONA, SSning xorijiy diviziyalari (rus, ukrain, eston, latish, dat, belgiyalik, fransuz, alban), "Ozod Hindiston". Shuningdek, Oʻq davlatlari qurolli kuchlari tarkibida rasman neytral qolayotgan davlatlarning ixtiyoriy kuchlari bor edi: Ispaniya (Havorang diviziya), Shvetsiya va Portugaliya.

Hududlar

Barcha harbiy harakatlarni 5ta harbiy harakatlar teatriga boʻlish mumkin.

Urushning birinchi davri (sentabr 1939 — iyun 1941)

Xalxin-Gol daryosi yaqinidagi janglar

Asosiy maqola: Xalxin-Goldagi janglar (1939).

1936-yilning 12 martida SSSR va MXR oʻrtasida "Oʻzaro yordam haqidagi protokol" imzolanadi. 1937-yildan boshlab bu protokolga koʻra Moʻgʻuliston hududida Qizil Armiya harbiy qismlari yoyiladi.

Sh. qarang


This article is from Wikipedia. All text is available under the terms of the GNU Free Documentation License.


Giant Panda

Mercedes Car
James Bond Guide
This site monitored by SitePinger.net